Jizzax viloyati IIB YHXB batalyoni 3-safarbarlik guruhi inspektori, kichik serjant Olim Abdugʻaniyev 24 yil avval viloyat IIB huzuridagi Qoʻriqlash boshqarmasida sohadagi faoliyatini boshlagan edi. Joriy yilning oʻzida inspektor tomonidan 3100 dan ortiq maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Bu shunchaki raqam emas, balki yuzlab oldi olingan yoʻl-transport hodisalari, qanchadan-qancha saqlab qolingan inson umri.

Bundan tashqari, uning sergakligi tufayli bir necha bor qidiruvda boʻlgan shaxslar qoʻlga olinib, qonun ustuvorligi taʼminlandi. Koʻp yillik halol mehnati munosib taqdirlanib, 2025-yil – Ichki ishlar organlari kuni arafasida II darajali «Benuqson xizmatlari uchun” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. Darhaqiqat, u xizmatda qatʼiy intizomga amal qiladigan xodim boʻlsa-da, 3 nafar farzandning mehribon va suyukli otasidir. Olim Abdugʻaniyev kabi oʻz kasbining fidoyilari bor ekan, yoʻllarimiz tinch, hayotimiz osoyishta boʻlib qolaveradi.

 Sarvar SOBIROV,

 oʻz muxbirimiz.

 Jizzax viloyati.