Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati kengashining 53-sessiyasida viloyat IIB boshligʻi, polkovnik Sanjar Jabborovning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi. Boshqarma boshligʻi oʻz hisobotida sektorga qarashli hududlarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlarga toʻxtalib, mavjud muammolarni sanab oʻtdi. Shundan soʻng viloyatda yoʻl-transport hodisalarining tahlili, jinoyatlarning hududiy sektor rahbarlari tomonidan joylardagi muhokamalari, mahallalarda ayollar va yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar natijadorligi boʻyicha ham soʻz yuritildi.

Deputatlar, korxona va tashkilotlar masʼullari hamda OAV vakillari ishtirokida oʻtgan sessiyaning ushbu masalasi qizgʻin bahs va munozaralarga boy boʻlib, har bir masala va koʻtarilgan muammoning yechimi boʻyicha Xalq deputatlari viloyat kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Abdurahmon MUSTAFOQULOV,

oʻz muxbirimiz.

Sirdaryo viloyati.