Viloyat IIB M va FRB MTB inspektori, mayor Umidbek Yusupov maxsus tadbir davomida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha toʻplangan hujjatlarni koʻzdan kechirar edi. Eshik taqilladi. Fuqaro A.Vaisov ushbu tadbir doirasida Turkmaniston Respublikasi fuqarolariga nisbatan qonuniy chora koʻrish masalasidan foydalanib qolmoqchi boʻlib unga ming AQSH dollari pora taklif qildi.
– Ming dollar. Masala yopiladi. Mayor bir zum ham oʻylamadi. Chunki baʼzi qarorlar oʻylab qabul qilinmaydi – ular qalbdan chiqadi. Kechga borib, xizmat xonasida pul daliliy ashyoga aylandi. Kimdir pul yoʻqotdi. Kimdir sharafni saqlab qoldi.
***
Inspektor qaysar chiqdi
Yoʻl. Soat 09:45. Viloyat IIB JXX YHXB YPX batalyoni birinchi safarbar guruhi YPX inspektori, safdor Gʻanijon Abdullayev «Cobalt» avtomashinasini toʻxtatdi. Spirt hidi. Alkotester. Hammasi aniq. Bayonnoma yozilayotgan paytda haydovchi qogʻozni yirtib tashladi.
Kapot ustiga 3 million soʻm pul qoʻyildi. Oʻyladiki, masala joyida hal boʻladi.
Inspektor qaysar chiqdi. Bu pul yoʻlni ochmadi. Aksincha, uni butunlay yopdi. Qoʻllar kishanlandi.
Nilufar JABBOROVA,
oʻz muxbirimiz.
Xorazm viloyati.
