Namangan viloyati IIB boshligʻI, polkovnik Shuxrat Aliyev ishtirokida viloyat IIB sohaviy xizmat rahbarlari va shahar-tuman IIBlarning barcha shaxsiy tarkibi ishtirokida muhokama yigʻilishi oʻtkazildi.

Yigʻilishda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushgan murojaatlarni hal etish hamda shaxsiy tarkib oʻrtasida sodir etilayotgan xizmat intizomi va qonunbuzilish holatlari muhokama qilindi.

Muhokama jarayonida boshqarma boshligʻi hozirgi kunda ichki ishlar organi xodimlariga davlatimiz tomonidan berilayotgan imkoniyatlar va yaratilgan sharoitlarga qaramasdan taʼmagirlik hamda mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish kabi qonun buzish holatlari yuz berayotganligini tanqid qilib, xizmat intizomi va qonun buzish holatlarini sodir etgan xodimlarga nisbatan keskin choralar koʻrilishini taʼkidlab, har bir xodim faoliyati davomida birinchi oʻrinda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini koʻzlab xizmat qilishi, ular tomonidan kelib tushgan murojaatlarni belgilangan muddatda qonuniy hal etish boʻyicha masʼullarga aniq topshiriqlar berdi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati.