IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshinlar qoʻmondonligida vazirlikning Malaka oshirish instituti bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan navbatdagi oʻquv kurslari yakunlandi. Malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan 50 nafar harbiy xizmatchiga sertifikat, dastlabki va navbatdagi kichik serjant, serjant harbiy unvonlarini Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshinlar qoʻmondoni, polkovnik Shokirjon Xudoynazarov tantanali ravishda topshirdi. U harbiy xizmatchilarni oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlaganlari bilan tabriklab, kelgusi faoliyatlarida omad va zafarlar tiladi. Shundan soʻng Vatan himoyachilari harbiy orkestr hamrohligida saf maydoni boʻylab shaxdam qadamlar tashlab, tantanali marsh bilan oʻtdilar.
Azamat KURBANBAYEV,
kichik serjant.
