Termiz shahridagi “Alpomish” arenasida viloyat ichki ishlar organlari yosh xodimlari oʻrtasida harbiy estafeta tashkil etildi.
“Yuksak jangovar shaylik va jismoniy tayyorgarlik” shiori ostida oʻtgan musobaqada shahar-tuman IIBlardan jami 15 ta jamoa qatnashib, ishtirokchilar yugurish, oʻrdaksimon yurish, tosh koʻtarish, qurollarni toʻliqsiz qismlarga ajratish va yigʻish kabi shartlarda bellashdilar.
Musobaqa yakuniga koʻra, Sherobod tumani IIB jamoasi faxrli birinchi oʻrinni egalladi. Shuningdek, qiziriqlar ikkinchi, qumqoʻrgʻonliklar uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Gʻolib va sovrindor jamoalar diplom va qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Feruza RAHMONQULOVA,
“Postda” muxbiri.
Surxonddaryo viloyati.
