Ona Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligiga bagʻishlangan bayram tantanalari IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli Namangan viloyatida joylashgan 7552-harbiy qismda ham boʻlib oʻtdi.

Unda soʻzga chiqqanlar ushbu shodiyona bilan barchani samimiy qutlab, ularning yurt osoyishtaligini saqlash yoʻlidagi masʼuliyatli xizmatiga ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Koʻtarinki ruhda oʻtgan tadbir soʻngida harbiy xizmatchilarning bir guruhiga turli darajadagi mukofotlar topshirildi.

Oʻz muxbirimiz.