IIV Sirdaryo Akademik litseyida insholar tanlovi boʻlib oʻtdi. Yoshlar orasida milliy-maʼnaviy merosimizni keng targʻib qilishga qaratilgan tanlovda taniqli yozuvchilarimiz ijodiga oid mavzular tanlab olindi. Ularning asarlarida keltirilgan yuksak insoniy fazilatlar, qadriyatlar, ezgulikka yoʻgʻrilgan saʼy-harakatlarni tasniflashga oid vazifani litseyning 204-guruhi oʻquvchisi Shohsanam Saliyeva toʻlaqonli bajarib, gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Tanlovda yuqori oʻrinlarni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar lisey rahbariyati tomonidan munosib ragʻbatlantirildi.
Abdurahmon MUSTAFOQULOV,
oʻz muxbirimiz.
