Urganch shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida sportning voleybol turi boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdi.

Ichki ishlar organlari Probatsiya xizmati hisobida turgan shaxslar oʻrtasida oʻtkazilgan mazkur bellashuvda barcha shahar va tuman jamoalari ishtirok etishdi. Qizgʻin va murosasiz bahslarga boy boʻlgan musobaqada Xonqa tumani jamoasi birinchi, Urganch shahri va Yangibozor tumani jamoalari ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni egallashdi.

Gʻolib va sovrindor jamoalar diplom hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Xudoybergan JABBOROV,

oʻz muxbirimiz.

Xorazm viloyati.