Fargʻona shahrida ichki ishlar organlari xodimlarining kasb bayrami munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi.
Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etib, tizimda mehnat qilayotgan barcha xodimlarni, faxriylarni kasb bayrami bilan samimiy qutladi. Xalq bilan hamnafas xizmat olib boradigan, oʻzgalar xotirjamligi uchun oʻz halovatidan kechgan fidoyi kasb egalari munosib sharaflandi.
Bayram arafasida Prezidentimizning tegishli farmoni bilan Margʻilon shahar IIB katta tezkor vakili Baxodir Xolmatov "Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan taqdirlangan edi. Yuksak mukofot sohibining fidoyiligi yana bir bor eʼtirof etildi.
Shunningdek, yana bir guruh faol xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar, Vazirliknining idoraviy koʻkrak nishonlari, viloyat hokimligining qimmatbaho esdalik sovgʻalari topshirildi.
Bayram tadbiri viloyat IIB qoshida tashkil etilgan ansamblʼ xonandalarining yurt posbonlarini sharaflovchi kuy va qoʻshiqlari, viloyatimizning taniqli sanʼat namoyondalari tomonidan ijro etilgan diltortar taronalar va goʻzal raqslar bilan yanada fayzli oʻtdi.
Abduvosit SIDIQOV,
oʻz muxbirimiz.
Fargʻona viloyati.
