Olmazor tumani IIOFMB huzuridagi tergov boʻlimi katta tergovchisi, leytenant Azizxon Fayziyev 15 yildan buyon ichki ishlar organlarining turli tizimarida faoliyat yuritib kelayotgan qahramonimiz, 2023 yildan buyon oʻzi qiziqqan tergovchi vazifasida xizmat qilib kelmoqda. Ustozlari va hamkasblaridan soha sirlarini puxta oʻrgangan xodim, ish yurituvidagi jinoyat ishlarini sifatli tergov qilish uchun bor kuch va imkoniyatlarini ishga soladi.
Joriy yilning oʻtgan 6 oyi davomida 17 ta ogʻir turdagi, 4 ta oʻta ogʻir turdagi jami 21 ta jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borib, ayblov xulosasi va yarashuv qarorlari bilan prokuratura organlari orqali tegishli sudlovga yuborgan. Sudga yuborilgan jinoyat ishlaridan qoʻshimcha tergovga qaytarilgani mavjud emas.
Oʻz muxbirimiz.
Toshkent shahri.
