Xorazm viloyatida xizmat safarida boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari, general-mayor B.Mirzaraximov viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasiga tashrif buyurdi. Vazir oʻrinbosari boshqarmada xizmat xodimlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Soʻngra Xiva shahridagi “Ichan qalʼa” davlat muzey qoʻriqxonasida boʻlib, u yerdagi xodimlarning sayyohlar va tarixiy obidalar xavfsizligini taʼminlashdagi xizmat faoliyatini oʻrgandi.
Shundan soʻng, general-mayor B.Mirzaraximov viloyat Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi va uning “Xiva” bekati faoliyati bilan ham tanishdi. Oʻrganishlar davomida xodimlarga xizmat intizomi va qonunchilik talablariga qatʼiy rioya etish, yuklatilgan vazifalarni aʼlo darajada bajarish hamda salbiy holatlarga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan zarur tavsiyalar berdi.
Vazir oʻrinbosari viloyat ichki ishlar organlaridagi sohaviy xizmatlar faoliyatini oʻrganish jarayonida shaxsiy tarkibni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish, ularga zarur xizmat sharoitlarini yaratib berish, imtiyozlardan samarali foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishdi va kelgusida bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.
Xudoybergan JABBOROV,
“Postda” muxbiri.
Xorazm viloyati.
