Qarshi shahar “Geolog” oʻyingohida viloyat ichki ishlar boshqarmasi Kasbiy tayyorgarlik boʻlimi hamda vazirlik “Dinamo”jismoniy tarbiya va sport jamiyati viloyat kengashi bilan hamkorlikda navbatdagi sport mashgʻulotlari tashkil etildi.  

Boshqarma boshligʻi, polkovnik Abduvoxid Ismoilov boshchiligida boʻlib oʻtgan sport mashgʻulotida tarkibiy boʻlim va sohaviy xizmat xodimlari dastlab yugurib chiniqishdi. Soʻngra, barcha shaxsiy tarkib badantarbiya mashgʻulotlarida ishtirok etishdi.  

Boshqarma tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi xodimlari tomonidan ishtirokchilarga qurol va maxsus vositalarini texnik tavsifi va qoʻllash tartibi haqida tushunchalar berildi. 

“Qoʻl jangi” federatsiyasi viloyat boʻlimi masʼul xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari xodimlari xizmat davomida yuzaga keladigan favqulodda holatlarda, qurolli jinoyatchini zararsizlantirishda jismoniy va jangovar mashqlarni amalda bajarish koʻnikmalari oshirildi. 

Yakunda viloyat ichki ishlar boshqarmasi tarkibiy boʻlimlari xodimlari oʻrtasida futbol hamda suzish musobaqalari tashkil etildi. 

Sherzod Berdiqulov,

kapitan

Qashqadaryo viloyati.