Samarqandda IIB xodimlari oʻrtasida tashkil etilgan voleybol musobaqasi yakuniga yetdi. Bu haqida viloyat IIB Axborot xizmati xabar qiladi.

Keskin va murosasiz kechgan oʻyinlar yakuniga koʻra 3-oʻrinni Nurobod tumani IIB, 2-oʻrinni Patrul-post va Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi jamoalari koʻlga kiritdi. Musobaqa gʻolibligi viloyat IIB markaziy apparati jamoasiga nasib etdi.

Gʻoliblar boshqarmaning diplom va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Gulnoza TURGʻUNBOYEVA,

«Postda» muxbiri.

Samarqand viloyati.