“Har bir oila – tadbirkor” dasturidan oʻzlarining gʻarazli niyatlari yoʻlida foydalanishga urinayotgan shaxslar ham yoʻq emas. Zarafshonlik J.A ham sheriklari bilan oʻzaro til biriktirib, tikuvxona faoliyatini yoʻlga qoʻyish bahonasida Xalq bankining Zarafshon shahar filialidan 196 million soʻm kredit mablagʻlari olishdi. Shundan 70 million soʻmiga “xoʻja koʻrsin uchun” tikuv mashinalar sotib olishdi. Qolgan pullarni esa oʻz ehtiyojlari yoʻlida ishlatib yuborishdi. Mazkur holat yuzasidan J.A va uning sheriklariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 


Mahliyo XOLOVA,

“Postda” muxbiri.

Navoiy viloyati.