Denov tumani Aholi bandligiga koʻmaklashish va kambagʻallikni qisqartirish markazi binosida hududda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar ishtirokida “Yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish hamda biznesni rivojlantirish” mavzusida oʻquv-seminar tashkil etildi.
Tuman IIB JXX Probasiya guruhi inspektori, kapitan Q.Gʻafurov ishtirok etgan seminarda Probasiya nazoratidagi jazo muddatini oʻtab kelayotgan yoshlarga tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish toʻgʻrisida tajribali tadbirkorlar tomonidan huquqiy-amaliy yordam koʻrsatildi.
Tadbir soʻngida nazorat ostidagi yoshlar mavjud boʻsh ish oʻrinlari bilan tanishtirilib, ulardan 2 nafariga ishlab chiqarish korxonalariga ishga joylashish uchun yoʻllanmalar berildi.
Feruza RAHMONQULOVA,
oʻz muxbirimiz.
Surxondaryo viloyati.
