Navoiy viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tuzilmalari shaxsiy tarkibi ishtirokida joriy yilning oʻtgan 9 oyi yakunlari boʻyicha videokonfrentsaloqa tizimi orqali yigʻilish oʻtkazildi. Unda tergov boʻlinmalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarga toʻxtatilib oʻtildi.
Shuningdek, yil oxiriga qadar ish koʻrsatkichlarini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar belgilab olindi. Yigʻilish yakunida oʻtgan davr mobaynida shaxsiy tarkibga oʻrnak boʻlib, yaxshi koʻrsatkichlarga erishgan tergov boʻlinmalari rahbarlari va tergovchilar pul mukofoti va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
Mahliyo XOLOVA,
“Postda” muxbiri.
Navoiy viloyati.
