Yaqinda IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli poytaxtimizdagi 7531 hamda Toshkent viloyatida joylashgan 7535-harbiy qism mutaxassis haydovchilari va maxsus vazifalarni bajaruvchi safarbarlik vzvodi harbiy xizmatchilari ishtirokida Chirchiq harbiy dala poligonida “Qalqon” rusumli harbiy avtomobil yordamida amaliy oʻq otish mashgʻulotlari boʻlib oʻtdi.

Unda ishtirok etgan IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondoni, polkovnik X.Botirov va boshqa mutasaddi rahbarlar ham bu borada oʻzlarining tegishli tavsiyalarini berishdi.

Oʻtkazilgan mashgʻulotlar davomida barcha harbiy xizmatchilar oʻz tajribalarini yanada boyitishdi.

Mixli SAFAROV,

“Postda” muxbiri.