Buxoro viloyati ichki ishlar organlari xodimlari oʻrtasida “Eng yaxshi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar targʻibotchisi”, “Eng yaxshi profilaktika inspektori” hamda shahar-tuman IIB boshliqlari ishtirokida “Eng yaxshi hududiy ichki ishlar organi boshligʻi” koʻrik-tanlovlarining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi. Tanlovlarda ishtirokchilar dastlab oʻzlarining jismoniy tayyorgarliklarini sinovdan oʻtkazish maqsadida toʻsindan tortilish va 100 metrga yugurish mashqlarini bajarishdi. Shundan soʻng, “Makarov” pistoletini toʻliq qismlarga ajratish va yigʻish hamda undan 50 metr masofaga otish mashqlari bajarildi.

Bundan tashqari, ishtirokchilardan IQ va individual psixologik xususiyatlarini hamda bilim darajasini aniqlashga qaratilgan elektron test sinovlari olindi. Gʻoliblar tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi.

Avazbek INOMOV,

podpolkovnik.

Buxoro viloyati.