Mirzo Ulugʻbek tumani IIOFMB 5-sonli IIB xodimlari tomonidan Akfa universitetida talaba-yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish hamda xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish maqsadida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda ishtirok etgan 5-son IIB HPB Xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektor podpolkovnik F.Jumanazarova, yoshlar masalalari boʻyicha profilaktika katta inspektori, leytenant S.Baratova, profilaktika inspektori, katta leytenant F. Karimjonov va JQB tezkor vakili, leytenant S. Bektemirovalar talabalarga tegishli huquqiy maslahatlar berishdi.
Tadbir davomida talabalarning savollariga xodimlar tomonidan atroflicha javob qaytarildi.
Sarvar SOBIROV,
«Postda» muxbiri.
