Baxmal tumanining “Bunyodkor” mahallasida yashovchi I.K.ning bank plastik kartasidan 2 million 300 ming soʻm, “Doʻstlik” mahallasida istiqomat qiluvchi D.Yu.ning bank plastik kartasidan 3 million soʻm nomaʼlum shaxslar tomonidan yechib olindi. Jabrlanuvchilarning arizasi asosida oʻtkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatlar poytaxtdagi oliy oʻquv yurtlarida taʼlim olayotgan, Buxoro viloyatining Kogon tumanida doimiy roʻyxatda turgan D.N. hamda M.A. tomonidan sodir qilingani aniqlandi. Ayblanuvchilardan jinoyat vositasi boʻlmish 2 dona uyali aloqa vositasi va noutbuk hujjatlashtirib olingan.
Alijon ABDUSATTOROV,
oʻz muxbirimiz.
Jizzax viloyati.
