Namangan muhandislik-qurilish instituti Transport fakultetida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish maqsadida targʻibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi. Unda institut profilaktika inspektori hamda patrul-post xizmati xodimlari ishtirok etib, talabalar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.

Tadbir davomida jinoyatchilikning salbiy oqibatlari, huquqbuzarlikning kelib chiqish sabablari hamda ularga qarshi kurashish yoʻllari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Mavzuga oid bukletlar tarqatilib, talabalar oʻz huquqiy bilimlarini yanada oshirish imkoniga ega boʻldilar. 

Oʻz muxbirimiz, 

Namangan viloyati.