Namangan davlat universiteti talabalari oʻrtasida giyohvandlik vositalari va kuchli taʼsir qiluvchi preparatlarning isteʼmoli hamda noqonuniy aylanishi bilan bogʻliq holatlarning oldini olish, shuningdek, OITSga qarshi kurash boʻyicha davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Namangan viloyati IIB masʼul xodimi, OITSga qarshi kurash markazi shifokorlari, universitet professor-oʻqituvchilari, profilaktika inspektori hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda soʻz olganlar giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar inson sogʻligʻi hamda xavfsizligiga jiddiy tahdid solishi, jinoyatlarga yoʻl ochishi, ayniqsa, jabrlanuvchilarning aksariyatini yoshlar tashkil etayotganiga eʼtiborni qaratdilar.
Mavzuga oid videorolik namoyish etildi.
Oʻz muxbirimiz,
Namangan viloyati.
