Viloyat IIBda “Respublikada ichki ishlar xodimlari tomonidan sodir qilingan qonun buzilishi va salbiy holatlar” mavzusiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Tanqidiy ruhdagi yigʻilishda IIV huzuridagi Tergov departamenti maʼsul xodimi, podpolkovnik Gʻ.Nabiyev, viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosari, polkovnik O.Hasanov, IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Buxoro viloyati boʻyicha boshqarmasi boshligʻi, podpolkovnik Sh.Haydarovlar qatnashib, ishtirokchilarga mavzu doirasida atroflicha maʼlumotlar berdi.

Yigʻilish soʻngida maʼsullar tomonidan xodimlarga kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli topshiriq hamda koʻrsatmalar berildi.

E.RAJABOV, 

podpolkovnik.

Buxoro viloyati.