Yaqinda Navoiy viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari, podpolkovnik Bahodir Axmedov tomonidan boshqarma sohaviy xizmatlari hamda shahar va tuman IIB xodimlari bilan yigʻilish oʻtkazildi.
Tadbir avvalida, jinoyat va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, xizmat va ijro intizomi boʻyicha amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar tinglandi. Soʻngra, oʻtgan va joriy davrda hududda sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklar, shu jumladan, kiberjinoyatlar, ularning kelib chiqish sabablariga toʻxtalib oʻtildi. Shu bilan birga, fuqarolar osoyishtaligini taʼminlash, shaxsiy tarkib oʻrtasida xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishi hamda boshqa yoʻnalishlarda amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahlil qilindi.
Bundan tashqari, mavjud muammolarni bartaraf etish va xizmatni samarali tashkil etish boʻyicha masʼullarga tegishli topshiriqlar ham berildi.
Mahliyo XOLOVA,
oʻz muxbirimiz.
Navoiy viloyati.
