Sirdaryo viloyati IIB Transportda XTB boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik I.Beknazarov, HPB inspektori, katta leytenant D.Narzullayevlar tomonidan "Payshanba - jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish kuni" tadbiri doirasida temiryoʻl ishchi va xizmatchilari bilan uchrashib, karantin qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, turli xildagi huquqbuzarliklar va jinoyatlarning sodir etilishini oldini olish hamda temiryoʻllarda xavfsizlik choralari mavzularida suhbat oʻtkazildi.

Abdurahmon MUSTAFOQULOV, 

«Postda» muxbiri.

Sirdaryo viloyati.