Viloyat IIB TQX TQKB hamda Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda “Buxoro” xalqaro aeroporti va temir yoʻl vokzalida uzoq muddatga ishlash maqsadida chiqib ketayotgan fuqarolar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi. Tadbirlarda fuqarolarga notoʻgʻri talqin qilinayotgan islomiy tushunchalar, ekstremistik xurujlarning xususiyati, diniy-maʼrifiy sayt va ijtimoiy tarmoqlar, ijtimoiy tarmoq odoblari, tahdidlardan himoyalanish yoʻllari, moddiy manfaat evaziga harbiy harakatlarda ishtirok etish jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarishi borasida tushuntirishlar olib borildi.
B.TOSHEV,
kapitan.
