Sirdaryo viloyati hududidagi maktab oʻquvchilarining qishki taʼtillini mazmunli oʻtkazish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tashabbusi bilan Alisher Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyati Axborot kutubxona markazi binosida Guliston shahar 9-sonli oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchilari ishtirokida “OʻYLA, IZLA, TOP!” intellektual oʻyini oʻtkazildi.

Unda oʻquvchilarning bilimi, kitobxonlik darajasi, oʻqigan badiiy asarlari boʻyicha bilimlari sinovdan oʻtkazildi. Intellektual oʻyin yakuniga koʻra “Kitobsevarlar” jamoasi 1-oʻrinni, “Yosh kitobxon” jamoasi 2-oʻrinni va “Kitobxonlar” jamoasi 3-oʻrinni qoʻlga kiritib, boshqarma boshligʻining qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Abdurahmon MUSTAFOQULOV 

“Postda” muxbiri.

Sirdaryo viloyati.