Boysun tumani “Konchilar” mahallasida yashovchi N.Ishoqov (ism-shariflar oʻzgartirildi) nomiga yangi telefon raqam rasmiylashtiradi. Raqamni ishga tushirgach, unga Andijon viloyatida yashovchi X.Otaboyeva qoʻngʻiroq qilib, ushbu raqamni oldin ishlatganini, biroq toʻlovlarini qilolmagani uchun oʻchib qolganini aytadi. Ushbu raqamga barcha shaxsiy maʼlumotlari ulanganini va ayni paytda “Payme” ilovasi orqali hozirda bank plastik karta hisob raqamida mavjud boʻlgan oʻziga tegishli pul mablagʻlarini yechib olishga qiynalayotganini bildiradi. Shu bois telefon raqamini qaytarib olishga yordam berishini soʻraydi.

N.Ishoqov ayolga abonent raqamini yaqin tanishlari orqali berib yuborishini aytadi. Ammo oʻzi ushbu telefon raqamiga “Payme” ilovasini ulab, jami 18 million 400 ming soʻm miqdoridagi pul mablagʻini yechib oladi va shaxsiy ehtiyoji uchun ishlatib yuboradi.

Holat yuzasidan N.Ishoqovga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Feruza RAHMONQULOVA,

“Postda” muxbiri.

Surxondaryo viloyati.