Shu kunlarda oʻtkazilayotgan “Dolzarb qirq kunlik” profilaktik tadbirlari davomida mavjud kuch vositalardan oqilona foydalangan holda ichki ishlar organlarida “temir intizom” ni yoʻlga qoʻyish va qonuniylikni taʼminlash borasidagi natijalarni yaxshilashga eʼtibor qaratilmoqda. Shuningdek, ichki ishlar organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish va shaxsiy tarkibni kunlik xizmatga kelib ketishi, avtoreyd oʻtkazish, yashash sharoitlarini oʻrganib, ijtimoiy himoyaga muhtoj xodimlarni aniqlash borasida amalga oshirilgan ishlar xususida Qiziriq tumani IIBda boʻlib oʻtgan yigʻilishda soʻz yuritildi.
Viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosari, Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshligʻi podpolkovnik Sh.Shadiev hamda IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi boshligʻi podpolkovnik Q.Samandarovlar ishtirok etgan yigʻilishda xizmat faoliyati davomida yuqori natijalarga erishib kelayotgan xodimlarning ota-onalariga minnadorchilik bildirilib, esdalik sovgʻalari topshirildi.
Oʻz muxbirimiz,
Surxondaryo viloyati
