Qashqadryo viloyati IIB JXX YHXBda “Tengdoshimga huquqiy yordam” mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi. Unda viloyat IIB MMI va KBTX va boshqarma JXX YHXB masʼul xodimlari hamda Qarshi shahridagi Axborot texnologiyalari va menejment universiteti talaba yoshlari ishtirok etishdi.
Tadbirda soʻz olganlar yoshlar oʻrtasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish va ularga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, jamiyatda yurish-turish qoidalari hamda qonunchilik sohasi, xususan, yoʻl harakati xavfsizligi sohasidagi oʻzgarishlar haqida tushunchalar berildi.
