Jizzax viloyati Gʻallaorol tumani “Xonimqoʻrgʻon” mahalla fuqarolar yigʻinidan oʻtuvchi M-39 yoʻlining 1030-kilometrida Qozogʻiston Respublikasi Olmaota viloyati Olmaota tumanida yashovchi, Qozogʻiston fuqarosi Sh.K. boshqaruvidagi “Yutong” rusumli avtomashina Xorazm viloyati Xiva tumani “Kattabogʻ” mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi X.S. boshqaruvidagi “Isuzi”ning orqasidan urilgan. Yoʻl-ulov hodisasi tufayli avtomashinalar texnik shikastlandi. Haydovchilar jarohat olishmagan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda.
Alijon Abdusattorov,
“Postda” muxbiri.
Jizzax viloyati.
