Sirdaryo viloyati IIB va Sardoba tumani IIB JQB xodimlari saʼy-harakati bilan «Qoʻrgʻontepa» mol bozorida pul oʻgʻrisi olindi.
Toshkent viloyati Chinoz tumanida yashovchi B.R. jinoiy sheriklari Andijon shahrida yashovchi M.M. va A.A.lar bilan oldindan til biriktirib, Sardoba tumani, «Qoʻrgʻontepa» mahallasidagi hududidagi mol bozorida fuqaro U.N. ning choʻntagidan 4 mln. soʻm miqdoridagi pulni oʻgʻirlaganligi aniqlangan.
Tezkor tadbir davomida fuqaro A.A. dan 1 mln. soʻm ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Hozirda holat yuzasidan Sardoba tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan ushbu fuqarolarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Abdurahmon MUSTAFOQULOV,
oʻz muxbirimiz.
