2022-yil 2-yanvar kuni Samarqand shahar Amir Temur koʻchasida yashovchi, fuqaro IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Va 1-yanvar kunidan 2-yanvar kuniga oʻtar kechasi nomaʼlum shaxs uning yashash uyiga kalit tanlash yoʻli bilan gʻayriqonuniy ravishda kirib, yashash uyi yotoqxonasidagi javon ichdan jami bahosi 10 000 AQSH dollariga teng tilla taqinchoqlarini va 300 000 soʻm miqdoridagi pullarini yashirin ravishda talon-toroj qilib ketganligini maʼlum qilgan. Ushbu nomaʼlum shaxsni topishda amaliy yordam soʻragan.

Viloyat IIB Axborot xizmati taqdim etilgan xabarga koʻra, Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB 5-sonli IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari davomida mazkur oʻgʻrilik jinoyatini Samarqand tumani “Qoziariq” MFYda yashovchi S.A. sodir qilganligi aniqlangan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi  bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Gulnoza TURGʻUNBOYEVA, 

«Postda» muxbiri.

Samarqand viloyati.