Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistratura tinglovchilari Toshkent shahar IIBB va uning quyi tizimlarida amaliyot oʻtadi. Tinglovchilarga amaliyot dasturini sifatli bajarishi, nazariy bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlashi, tegishli mutaxassisliklar boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirishlari uchun zarariy sharoitlar yaratildi. Ular tumanlar IIOFMB hamda boshqa sohaviy xizmatlarda amaliyot utash davrida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablari, sharoitlarini oʻrganishdi. Holatlarni tahlil qilib, Akademiyada oʻrgangan nazariy bilimlarini amaliyot bilan uygʻunlashtirishdi.

Oʻz muxbirimiz.

Toshkent shahri.