Yaqinda vazirlik oʻquv-dala markazida IIV Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchilarining jangovar vazifalarni bajarish va jinoyatchilikka qarshi kurashishda oʻqotar qurollardan mohirona foydalanish koʻnikmalarini yanada oshirish maqsadida oʻq otish mashgʻulotlari tashkil etildi.
Dastlab, mazkur taʼlim muassasasi jangovar va jismoniy tayyorgarlik sikli oʻqituvchilari tomonidan yosh osoyishtalik posbonlariga IIVning belgilangan buyruq va yoʻriqnoma talablari asosida oʻq-otar qurollardan foydalanish vaqtida xavfsizlik qoidalariga qatʼiy amal qilish, qurolni oʻqlash va qisqa muddatlarda nishonni ishgʻol qilish tartibi boʻyicha tushuntirishlar berildi. Soʻngra, tinglovchilar bilan Kalashnikov avtomatidan amaliy oʻq otish mashgʻulotlari oʻtkazilib, uning yakunida, natijalar masʼullar tomonidan baholab borildi.
Mixli SAFAROV,
oʻz muxbirimiz.
