Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti bilan hamkorlikda vazirlik Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlari qoʻmondonligida tashkil etilgan navbatdagi oʻquv mashgʻulotlari yakuniga yetdi.

Mashgʻulotlar soʻnggida tinglovchilarga sertifikat, kichik serjant va serjant unvonlari topshirlildi. Ularni qoʻshin qoʻmondoni, polkovnik Shokirjon Xudaynazarov hamda Malaka oshirish instituti boshligʻining oʻrinbosari, podpolkovnik Qodirjon Otoboev topshirdi.

Azamat Kurbanbayev.