Bugunning eng dolzarb masalalaridan biri – yoʻllarda harakat xavfsizligini taʼminlash. Shu maqsadda Prezidentimiz ayni yoʻnalishda bergan topshiriqlarini amalga oshirish maqsadida, Uchtepa tumanida yoʻl infratuzilmasini tubdan takomillashtirish ishlari boshlandi. Xususan, TXAY koʻchasida joylashgan “Oʻrikzor” savdo kompleksi oldidagi doimiy tirbandliklarni oldini olish hamda harakat xavfsizligini oshirish maqsadida, tuman hokimi boshchiligida chora-tadbirlar loyihasi ishlab chiqilmoqda. Ushbu ishlar natijasida tuman aholisi va poytaxt mehmonlari uchun harakatlanish sharoitlari yaxshilanishi, tirbandliklar keskin kamayishi kutilmoqda.
Oʻz muxbirimiz,
Toshkent shahri.
