IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondoni, polkovnik Hasan Botirov boshchiligidagi ishchi guruh “tezkor dala” tadbiri munosabati bilan poytaxtimizda joylashgan 7534-harbiy qismda boʻlishdi.

Bundan koʻzlangan asosiy maqsad ham nafaqat, shaxsiy tarkibning jangovarlik mahorati va kasbiy tayyorgarligini sinovdan oʻtkazish, balki ularga amaliy jihatdan yordam koʻrsatishdan ham iborat edi.

Shunday qilib, ishchi guruh tomonidan oʻrganishlar davomida shaxsiy tarkibning kun tartibiga amal qilishi hamda kichik komandirlarning bilim va tajribalariga alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek, aniqlangan kamchilik va muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish borasida tegishli mutasaddilarga koʻrsatma va topshiriqlar berildi.

Tanqidiy-tahliliy ruhda oʻtgan mazkur tadbir yakunida xizmat vazifasini bajarish chogʻida safdoshlariga ijobiy namuna boʻlib kelayotgan bir guruh harbiylarga qoʻmondon tomonidan minnatdorlik ham bildirildi.

Xusen MIRZAYEV,

mayor.