Urganch tumanidagi “Shodlik” mahallasida yashovchi X.X. giyohvandlik vositasini sotib, boyimoqchi boʻldi. U quritilgan “marixuana”ni 199 ta gururt qutisiga solib, 3 dona 3 litrlik shisha idishga joyladi. Soʻngra, bu zahri qotilni hech kim bilmasligi uchun tovuqxonasi ichkarisidagi yerni kovlab, shu joyga qoʻmib qoʻyadi.

Koʻngli xotirjam boʻlgan X.X.ning koʻp oʻtmay tinchi buzildi. Chunki, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida uning ham uyi va yordamchi xoʻjaligi xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi va 199 ta gururt qutisidagi ogʻirligi 484 gramm boʻlgan giyohvandlik moddasini topib olishdi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xudoybergan JABBOROV,

 “Postda” muxbiri.