Soʻnggi vaqtlarda fuqarolarimiz tomonidan transport vositasiga oʻrnatilgan siqilgan tabiiy gaz ballonlarni oʻz vaqtida qayta tekshiruvdan oʻtkazmasliklari oqibatida noxush holatlar yuz bermoqda. Eng achinarlisi, bu holatlar insonlarning bevaqt hayotdan koʻz yumishiga sababchi boʻlmoqda.
Viloyat IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan shu kabi koʻngilsiz holatlarning oldini olish maqsadida viloyatdagi barcha avtotransport vositalariga oʻrnatilgan gaz ballonlarini sinovdan oʻtkazuvchi laboratoriya markazlarida profilaktik ishlar oʻtkazildi. Haydovchilarga avtotransport vositalarida oʻrnatilgan gaz ballonini oʻz vaqtida qayta koʻrikdan oʻtkazish borasida targʻibot va tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Fuqarolarimizdan, ayniqsa, haydovchilardan bundan toʻgʻri xulosa chiqarib, oʻzlari va yaqinlarining hayoti va salomatligini oʻylagan holda avtotransport vositalarini (shu jumladan, gaz ballonlarini ham) oʻz vaqtida qayta texnik koʻrikdan oʻtkazib turishlarini soʻrab qolamiz!
U. SHUKRULLAEV,
katta leytenant.
Buxoro viloyati.
