2022 yilning 26 fevral kuni Jizzax viloyati Zarbdor tumani “Ravot” mahalla fuqarolar yigʻini hududida turgan “Jentra” rusumli avtoulovdan narxi anchayin qimmat turadigan uyali aloqa vositasi oʻgʻirlandi. Bu toʻgʻrida ichki ishlar organlariga shu tumanning Oybek nomidagi mahallada istiqomat qiladigan jabrlanuvchi Sh.E. xabar qildi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, oʻtkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida oʻgʻrilik Jizzax shahrining Bunyodkor mahallasida yashovchi uy bekasi F.U. tomonidan sodir etilgani aniqlandi. Undan daliliy ashyo hujjatlashtirib olingan.

Alijon ABDUSATTOROV,

“Rostda” muxbiri.

Jizzax viloyati.