Ichki ishlar organlarining jinoyat qidiruv va profilaktika xizmatlarida 25 yilga yaqin samarali xizmat qilgan, ayni paytda Fargʻona shahrining Shakarqishloq mahallasi Qadriyat koʻchasidagi 37-uyda istiqomat qilib kelayotgan ichki ishlar organlari faxriysi, isteʼfodagi kapitan Turdali ota Homidov shu kunlarda tabarruk 80 yoshni qarshi olmoqda. Shu munosabat bilan uning xonadoni mehmonlar bilan gavjum.
Kuni kecha Fargʻona viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari, Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash boshqarmasi boshligʻi, podpolkovnik Fayzulla Ortiqboyev, Huquqbuzarlik profilaktika boshqarmasi vakillari hamda viloyat IIB Faxriylar kengashi aʼzolari Turdali ota xonadonida boʻlishdi.
Ular soha faxriysini tabarruk yoshi bilan samimiy qutlab, viloyat IIB boshligʻi, podkovnik Doniyor Toshxodjayevning tabrigini oʻqib berishdi.
Turdali ota samimiy tabrik va koʻrsatilgan ehtirom uchun minnatdorlik bildirib, yurt tinchligi va farovonligi yoʻlida tunu kun xizmat qilayotgan xodimlarni duo qildi.
Abduvosit SIDIQOV.
