Yaqinda IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli Qashqadaryo viloyatida joylashgan 7533-harbiy qismning 4-batalonida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga bagʻishlangan profilaktik tadbir tashkil etildi.
Unda soʻzga chiqqanlar harbiy xizmatchilar oʻrtasida sodir etilayotgan salbiy holatlarning kelib chiqish sabab va omillari boʻyicha oʻzlarining fikr-mulohazalarini bildirdi. Shuningdek, mamlakatimiz jinoyat qonunchiligining bu boradagi muhim jihatlarini ham tushuntirib oʻtishdi.
Tadbir doirasida “Harbiy xizmatni oʻtashning mazmun-mohiyati va unga qoʻyilgan talablar” hamda “Harbiy xizmatchilarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi” mavzularida mashgʻulotlar ham oʻtkazildi.
Mixli SAFAROV,
“Postda” muxbiri.
