IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli Zarafshon shahridagi 7551-harbiy qismda “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi. Unda soʻzga chiqqan faxriylar isteʼfodagi podpolkovnik Aminboy Oʻrozboyev hamda isteʼfodagi katta serjant Burxon Turdiyev ona Vatanimiz himoyachilariga oʻzlarining harbiy xizmat davomida orttirgan boy tajribasi, erishgan yutuqlari, shu bilan birga, bosib oʻtgan qiyinchiliklari toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtishdi.
Shuningdek, harbiy intizomni mustahkamlash, qonunchilikka qatʼiy amal qilish hamda jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha ham yosh harbiylarga keng tushunchalar berishdi.
Bekzod MELIBOYEV,
mayor.
