IIV JIED Toʻrtinchi mintaqaviy hududi 2-son jazoni ijro etish koloniyasida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Uch avlod uchrashuvi” oʻtkazildi. 

Koloniya rahbariyati va shaxsiy tarkibi qatnashgan tadbirga ichki ishlar organlarida uzoq yillar samarali xizmat qilib, xozirda nafaqada boʻlgan isteʼfodagi podpolkovniklar Xudoyor Botirov va Borno Bahromov taklif qilindi. Tadbirda ular milliy armiyamizning qudrati, sohada oʻtkazilgan islohotlar haqida fikr bildirib, yosh xodimlarga har qanday sharoitda davlat va xalq manfaatlariga xizmat qilish, milliy qadriyatlarga sodiq barkamol shaxs sifatida kamol topish lozimligini taʼkidlashdi. 

Sobir SOHIBOV, 

kapitan.

Qashqadaryo viloyati.