Jizzax viloyatining Doʻstlik, Mirzachoʻl va Arnasoy tumanlari Ichki ishlar boʻlimlari xodimlari oʻrtasida sportning milliy kurash, qoʻl jangi va sambo turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazildi. Umumjamoa hisobida Mirzachoʻl tumani IIB xodimlari 1-oʻrinni egallashdi. Keyingi oʻrinlar Doʻstlik va Arnasoy tumanlari shaxsiy tarkibiga nasib etdi. Yakunda eng yuqori natijalarni qayd etgan xodimlar taqdirlandi.
Alijon ABDUSATTOROV,
“Postda” muxbiri.
Jizzax viloyati.
