Xalqimizda yoshi ulugʻ insonlarning hayot yoʻli, ularning qilgan ishlari, kelajagimiz egalariga doimo ibrat boʻlib kelgan. Shu sababli ham uch avlod uchrashuvlarini oʻtkazish, oʻzining ijobiy samarasini bermoqda.

Yaqinda Boʻzatov tumanidagi 1-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida ham ana shunday tadbirlardan biri tashkil etildi. Unda isteʼfodagi polkovnik Orinbay Turdaqov ishtirok etib, oʻzining hayot yoʻli, uzoq yillar davomida yurtimizda tinchlik-osoyishtalikni saqlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishdagi munosib hissasi haqida taʼkidladi. 

Shuningdek bu inson, faoliyati davomidagi turli voqealar hamda hozirgi kunda ichki ishlar organlari tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar toʻgʻrisida ham toʻxtalib oʻtdi. 

Shunday qilib, barchada katta taassurot qoldirgan ushbu tadbirda oʻquvchi-yoshlar ham oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Azamat PIRNIYAZOV,

“Postda” muxbiri.