Nomaʼlum shaxs Buxoro shahar “A.Gʻijduvoniy” mahallasida yashovchi A.X. fuqaroning yashash xonadoni roʻparasida joylashgan ekin yer maydonida unga tegishli 6 million soʻmlik bir bosh qoramolning qarovsiz bogʻlab ketilganidan foydalanib, yashirin ravishda oʻgʻirlagan. Mazkur holat yuzasidan shahar IIOFMB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida jinoyatni 1997-yilda tugʻilgan R.Sh. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlandi. Eng achinarlisi, jinoyatchi jabrlanuvchining mahalladoshi boʻlib chiqdi.
Shuningdek, Qorovulbozor tumani “Navbahor” mahallasi hududida umumiy bahosi 9 million soʻmlik bir bosh sigir va buzoqni oʻgʻirlagan shaxs hamda Buxoro shahar Alpomish koʻchasida yashovchi fuqaroga tegishli zargarlik doʻkonga mijoz sifatida kirgan kimsa ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tezkorlik qoʻlga olingan.
Hozirgi kunda ushbu shaxslarning boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorliklarini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati.
