Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasida “Jadidlar jasorati – millatimiz faxridir” mavzuida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Mazkur jarayonda Ibrat, Abdulla Avloniy, Botu, Choʻlpon, Abdulla Qodiriy kabi jadidlarning yurt ozodligi hamda xalqni bilim orqali uygʻotishga qaratilgan kurashi, ularning hayoti, shuningdek qoldirgan boy ilmiy merosi haqida atroflicha maʼlumot berildi.

Alijon ABDUSATTOROV,

“Postda” muxbiri.

Jizzax viloyati.